BIZ HAQIMIZDA

Hayotni shirin qilamiz

Avesto — 2007 yildan beri Samarqandda faoliyat yurituvchi qandolat va kafe-bakery tarmog‘i. Kichik ustaxonadan — sevimli brendgacha.

Avesto

Bizning hikoyamiz

Avesto oilaviy korxona — Bahodir Odilov va Zamira To‘raqulova tomonidan tashkil etilgan.

Kichik qandolat ustaxonasidan boshlangan biznes bugun to‘liq kafe-bakery tarmog‘iga aylandi: dizayner tortlaridan tortib, nonushta, salat, steyk, qahva va yuqori darajali keytering xizmatigacha.

🎂

«Insonlar hayotini shirinroq va go‘zalroq qilish, kundalik kunlar va bayramlarni turli mazali desertlar bilan bezash.»

Avestoning maqsadi
2007
Tashkil etilgan
19+
yillik tajriba
40+
qandolat ustasi
4
filial

Nima taklif qilamiz

Qandolatdan to‘liq kafe tajribasigacha

🎂
Dizayner tortlar
Har bir tantana uchun maxsus
🍰
Shirinliklar
Pirojniy, desert va nozik shirinliklar
Kafe menyusi
Nonushta, salat, sho‘rva, steyk, qahva
🎉
Keytering
Yuqori darajali tadbir xizmati
BIZGA ISHONISHADI

Nufuzli tadbirlarga xizmat ko‘rsatganmiz

Keytering jamoamiz yirik xalqaro tadbirlarга xizmat ko‘rsatgan — jumladan EBRD uchrashuvlari, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammiti va boshqa nufuzli mijozlar.

Shirinlikni biz bilan tanlang